08:54 / 18.08.2017
6 266

Yo‘lovchi ayol nikoh ko‘ylagiga tekkan dog‘ uchun avivakompaniyadan 300 ming dollar tovon puli talab qildi

Yo‘lovchi ayol nikoh ko‘ylagiga tekkan dog‘ uchun avivakompaniyadan 300 ming dollar tovon puli talab qildi
Yo‘lovchi ayol American Airlines aviakompaniyasi xodimlarini nikoh ko‘ylagini qasddan dog‘ qilganlikda ayblab, sudga berdi, deb xabar qildi Darakchi.uz nashri.

Voqea 2015 yilda ro‘y berganligiga qaramay, yo‘lovchi ayol — Yevande Ote (Yewande Oteh) endi, 2017 yilning avgust oyida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qildi. Hujjatlarda aytilishicha, Ote bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan Pensilvaniyaning Filadelfiya xalqaro aeroportidan nikoh to‘ylarini o‘tkazish uchun Yamaykaga yo‘l olgan.

Aviakompaniya xodimlari ro‘yxatdan o‘tkazayotganda ayoldan ko‘ylagini yuk bo‘limiga topshirmasdan, oldiga ilib qo‘yishni tavsiya qilishdi. Ote ularning gapiga rozi bo‘ldi, ammo styuardessa undan ko‘ylakni yuk bo‘limiga topshirishni talab qilgan.

Yo‘lovchi ayolning tepasidagi tokcha band bo‘lganligi uchun ko‘ylagini boshqa bo‘limga joylashtirgan. Shundan keyin Ote va uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i styuardessa ayolning ko‘ylak turgan bo‘limni ochib ko‘rayotganligiga ko‘zlari tushgan. Ote Yamaykaga etib kelgandan keyin nikoh ko‘ylagiga qizil sharob to‘kilganligini ko‘rgan. Bundan jahli chiqib, u nikoh to‘yini bekor qilgan.

Ayolning aytishicha, styuardessa hamkasblari bilan til biriktirib, ataylab uning nikoh ko‘ylagini dog‘ qilgan. Bo‘lib o‘tgan voqea uchun u American Airlines avivakompaniyasidan 300 ming dollar tovon puli talab qildi. Aviakompaniya mazkur voqeani tasdiqlagan bo‘lsa-da, unga izoh berishni istamadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yo‘lovchi ayol nikoh ko‘ylagiga tekkan dog‘ uchun avivakompaniyadan 300 ming dollar tovon puli talab qildi