15:52 / 18.08.2017
6 843

Shavkat Mirziyoyev bekobodliklar bilan muloqot qildi (Foto)

Shavkat Mirziyoyev bekobodliklar bilan muloqot qildi (Foto)
Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi chog‘ida "Paxtakor" mahalla fuqarolar yig‘inida xam bo‘lib, oddiy odamlar bilan uchrashdi, samimiy muloqot qildi.Bu haqda Prezidentning Facebook`dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Hayotiy masalalar, inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan muhim jihatlar suhbat asosini tashkil etdi. "Biz bu erga bekobodliklarning savollariga javob topish, halq bizga bergan ishonchni oqlash maqsadida kelganmiz" - dedi davlatimiz rahbari. Bu erda 50 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ularga 37 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat qo‘rsatadi.

Mamlakat rahbariga xudud markazida bunyod etilishi ko‘zda tutilayotgan Yagona hisob-kitob markazi va namunali mahalla fuqarolar yig‘ini binolarining loyihalari taqdim qilindi. Shavkat Mirziyoyev kuz qish mavsumida xonadonlarni isitish loyihasi bilan tanishar ekan, aholiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida, yaqin kelajakda Bekobod shahridagi barcha xonadonlarni isitish moslamasi bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.


Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev bekobodliklar bilan muloqot qildi (Foto)