Kun.uz muxbiri ayni paytda oliy ta’lim muassasasida ikkinchi va undan keyingi davrda o‘qish istagida yurgan kishilar bilan suhbatlashib, shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Oliy ta’lim vazirligi rasmiy vakili Madamin Orifjonov bilan bog‘landi.
«O‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida 3 yil pedagogik amaliy ish stajiga hamda vazirliklar va idoralar tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega shaxslar maxsus sirtqi bo‘limda o‘qishga qabul qilinadi. Bu faqat pedagogik ta’lim yo‘nalishida o‘qish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, sirtqi ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. O‘quv shakli esa ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berish sirtqi ta’lim shaklida tashkil etiladi. Bu holatda o‘qish bakalavriatning 2 kursidan boshlanadi va kamida 3 yil muddatni tashkil etadi», deydi vakil.
Madamin Orifjonovning ta’kidlashicha, 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab quyidagi OTM larida pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar ochilgan:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Andijon davlat universiteti;
Buxoro davlat universiteti;
Guliston davlat universiteti;
Qarshi davlat universiteti;
Namangan davlat universiteti;
Samarqand davlat universiteti;
Termiz davlat universiteti;
Urganch davlat universiteti;
Farg‘ona davlat universiteti;
Jizzax davlat pedagogika instituti;
Navoiy davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika instituti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Sirtqi bo‘limda o‘qiyotgan talabalarga imtihonlar, sinovlar topshirish, diplom, kurs, laboratoriya va boshqa o‘quv ishlarini bajarish vaqtida ularning oylik maoshlari asosiy ish joyida saqlangan holda 2 marta o‘quv ta’tillari beriladi. Har bir ta’tilning muddati – 1 oy.
Qoidaga ko‘ra, ta’til umumta’lim muassasalaridagi qishki va yozgi ta’til vaqtiga to‘g‘ri kelgan davrda beriladi. Bunda ularga belgilangan tartibdagi yillik mehnat ta’tillarini berish tartibi ham saqlanib qoladi. Talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qishda bo‘lgan davriga to‘g‘ri keladigan dars soatlari o‘qishga yuborgan ta’lim muassasasining o‘qituvchilari (xodimlari) tomonidan mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari asosida o‘tiladi.
Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi 2017/2018 o‘quv yili uchun:
- oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi bo‘limlarida o‘qish uchun tavsiyanoma beruvchi vazirliklar va idoralar ro‘yxatini;
- maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ehtiyojlari asosida vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan takliflarni inobatga olgan holda maxsus sirtqi bo‘limlarga qabul kvotalarini;
- maxsus sirtqi bo‘limlarga qabul qilish tartibi va mezonlari hamda uch tomonlama shartnoma shaklini tasdiqlaydi.
2017/2018 o‘quv yili uchun maxsus sirtqi va sirtqi ta’limlarda o‘quv jarayoni istisno tariqasida 1 oktyabrdan boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi