Toshkent shahrida oiladagi nosog‘lom muhit tufayli bir fuqaro bevaqt halok bo‘ldi. Bu haqdagi lavha “O‘zbekiston24” telekanalida namoyish etildi.
Unda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z nabirasi tomonidan qasddan o‘ldirilgani va jinoiy guruh a’zolari voqea joyidan yashiringani xabar qilinmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tezkor qidiruv bo‘limi xodimlari voqea yuzasidan surishtiruv olib borib, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanining tog‘ yon bag‘ridagi dam olish maskanida yoshi 20-25 lar atrofidagi yigit qo‘lga olingan.
Kechki payt 7 lar atrofida marhum buva o‘z nabira qizining uyda yolg‘izligidan foydalanib, unga tegajonlik qiladi, nabira ham o‘z navbatida bo‘lgan voqeani ko‘ngil qo‘ygan yigitiga aytib beradi. Jahl otiga mingan yigit sherigi bilan tezda etib kelib, qizning buvasini bo‘g‘ib o‘ldiradi.
O‘smirlar uch marta musht tushirilgan va bo‘g‘izlangan marhum cholni bog‘lagan holda yashirishga urinishgan deb Qalampir.uz xabar berdi.
Ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi 97 hamda 164 moddasining tegishli bandlariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilayotgani xabar qilingan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi