Toshkent viloyatida soxta hujjat tayyorlab, qaynakasining uyini sotib yuborgan ayol fosh etildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Ma’lum bo‘lishicha, Bo‘ka tumanida yashovchi, uy bekasi, 1970 yilda tug‘ilgan Bahora Shuxratova (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) o‘zining shar’iy turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Ohangaron shahrida yashovchi Muslimbek Abdushukurovning akasi, 1963 yilda tug‘ilgan Muxlisbek Abdushukurovning nomidagi Ohangaron shahar 4-dahasida joylashgan xonadonni, fuqaro 1950 yilda tug‘ilgan Nailya Gizatulinaga o‘zi tomonidan tayyorlangan Muxlisbek Abdushukurov nomidan uyni sotish uchun ruxsat berilgan soxta ishonchnomani ko‘rsatib, uyni sotish huquqiga ega ekanligini aytib, 5000 AQSh dollariga sotib yuborgan.
Ushbu holat yuzasidan IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar