Navoiy viloyatida joriy yilning 18-19 avgust kunlari Respublika idoralari rahbarlari va mas’ul xodimlari tomonidan xalq bilan muloqot o‘tkazildi. Ularning dasturi “Adolatli jamiyat qurish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lida korrupsiyaga qarshi kurash muammolari”ga qaratildi.
Xalq bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda Adliya vaziri R.Davletov, vazir o‘rinbosari A.Tashkulov, shuningdek, vazirlik boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari A.Muhammadiev, N.Muhammadiev, A.Madaminov va Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Bahronovlar ishtirokida Zarafshon va Navoiy shaharlari, Navbahor va Qiziltepa tumanlarida viloyatning barcha tuman (shahar)laridan aholi qatnashgan holda sayyor qabullar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda 650 dan ortiq aholi qatnashib, qatnashchilardan jami 185 ta yozma murojaat qabul qilindi va aksariyat fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qabul qilingan murojaatlarning 79 tasi ishga joylashish, 25 tasi uy-joy va er ajratish, 22 tasi bank krediti, 13 tasi oila, 7 tasi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va sudlar tomonidan qabul qilingan qarorlardan norozilik, 7 tasi pasport-viza masalasi, 6 tasi sog‘liqni saqlash, 6 tasi elektr va gaz ta’minoti, 5 tasi moliya, soliq, maishiy va mahalla (yo‘l qurilishi), 4 tasi moddiy yordam olish, 4 tasi ta’lim sohasi, 4 tasi tadbirkorlik faoliyati, 2 tasi qishloq xo‘jaligi va 1 tasi ob’ekt qurish, ko‘chirish va rekonstruksiya masalalari bilan bog‘liq shikoyatlardan iborat bo‘ldi.
O‘tkazilgan uchrashuvlar jarayonida 13 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Jumladan, Navoiy shahrida yashovchi L.Xidirovaning nogiron farzandi Respublika nogironlarni reabilitasiya qilish markaziga yo‘llanma bilan ta’minlandi, Navbahor tumanidagi 3 nafar pensionerning berilmasdan kelinayotgan nafaqa pullari to‘latib berildi, 4 fuqaroning ishga joylashtirilishi ta’minlandi. Qolgan barcha murojaatlar nazoratga olinib, ijroga qaratildi.
Uchrashuvlar jarayonida korrupsiya va unga olib keluvchi asosiy shart-sharoitlarni bartaraf etish, unga qarshi kurash va oldini olishga qaratilgan tushuntirishlar olib borilib, fuqarolar hamda tadbirkorlik sub’ektlaridan kelgusida amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan ko‘plab taklif va mulohazalar olindi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)