14:02 / 24.08.2017
10 322

Hamza Jumaev: “Menga shubha bilan qaraganlarni to‘g‘ri tushunaman”

Hamza Jumaev: “Menga shubha bilan qaraganlarni to‘g‘ri tushunaman”
2000-yillarda “Yoshlar” teleradiokanalida ijod qilgan telejurnalist Hamza Jumaev o‘z faoliyatini yana qayta yo‘lga qo‘ydi. U avval mehnat qilgan “Davr” informasion dasturi tahririyatiga ishga qabul qilindi.

1. TVga qaytganingiz bilan tabriklayman, shuncha yil o‘tib sobiq ish joyingizga kirganingizda nimalarni his qildingiz?
H.J - Bir muddat tanaffusga chiqib, darsga qaytgan talabadek his qildim o‘zimni.

2. Ishga qaytishingizga "qora ro‘yxat"dan chiqarilganingiz sabab bo‘ldimi?
H.J - Albatta, zotan shu paytgacha aynan shu ro‘yxat ishga qaytishimga to‘sqinlik qilayotgan edi. Buning uchun hukumatimiz rahbariyatiga minnatdorchiligim cheksiz.

3. Ishga kirish uchun siz murojaat qildingizmi yoki o‘zlari taklif qilishdimi?
H.J - Ishga tiklanish uchun takliflar bo‘lib turardi, lekin urinishlar bir necha bor zoe ketgan edi. Bu gal to‘g‘ridan-to‘g‘ri Prezidentimiz virtual qabulxonasiga yo‘llagan murojaatim va MTRK rahbariyatining meni munosib xodim deb topgani sabab bo‘ldi.

4. "DAVR"da o‘tgan yillar mobaynida nimalar o‘zgaribdi, begonasiramadingizmi?
H.J - Umuman begonasiramadim. Qaytaga, meni qadrdon insondek kutib olishdi. Nimalar o‘zgarganini hali sezib ulgurmadim.

5. Siz tahririyatda asosiy tadbirlarni yoritgansiz, lekin yangi kelganlarga odatda bunday "iltifot" ko‘rsatilmaydi. Hammasini boshidan boshlashga tayyormisiz?
H.J - Men o‘z g‘oya va takliflarim bilan rahbariyat qabuliga kirdim. Shularni amalga oshirishga imkoniyat bo‘lsa, etarli men uchun. Boshidan boshlashdan ko‘ra, qolgan eridan davom ettirishga kuchim ham, aqlim ham etadi. Bugun asosiy bo‘lmagan mavzuning o‘zi yo‘q. Qaysi mavzuni emas, qanday yoritishda hamma gap.

6. Hamkasblaringiz sizni qanday kutib olishdi, shubha bilan qaraganlar ham bo‘ldimi?
H.J - Hamkasblarim meni juda iliq va samimiy kutib olishdi. Oradagi "tanaffus" men va atrofimdagilarning o‘zaro munosabatlarimizni qayta tahlil qilib ko‘rish imkonini berdi. Menimcha o‘ziga yarasha xulosa shakllandi bu borada. Men asosiysi o‘zimga yana ijod qilish imkoniyati tug‘ilganidan mamnunman. Shu etarli...

Kimdir shubha bilan qaragan bo‘lsa, uni ham to‘g‘ri tushunaman. Lekin qadrdon telekanalimizning mavqeini yuksaltirish uchun mehnatim va salohiyatimni ayamayman. Bu maqsad oldida men uchun boshqa jihatlar juda muhim emas.

Samimiy javoblaringiz uchun, bundan buyongi ishlaringizda omad tilab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda davlat rahbarining adashib, xatoga qo‘l urgan fuqarolarni kechirish va ularga yana bir imkon berish to‘g‘risidagi qaroriga asosan bir guruh kishilar “qora ro‘yxat”dan chiqarilgandi.

Ma’lumot uchun:

Hamza Jumaev 1980 yil 23 avgustda Buxoro shahrida tug‘ilgan.
Oilali, ikki o‘g‘il farzandi bor. Hozirda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida istiqomat qiladi.

2002 yilda O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakulteti xalqaro bo‘limini bitirgan.
Faoliyatini “Yoshlar” teleradiokanalida boshlagan, “Davr” dasturida siyosiy sharhlovchi sifatida muvaffaqiyat qozongan.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hamza Jumaev: “Menga shubha bilan qaraganlarni to‘g‘ri tushunaman”