O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev joriy yilning 3 avgust kuni O‘zbekiston ijodkor ziyolilari bilan o‘tkazgan uchrashuvida bugungi estrada va kino san’atini qattiq tanqid qilib, xonandalarning unvoni olishi masalasiga alohida to‘xtalgan edi. Prezident xonandalarga unvon berish masalasini tanqidiy ko‘rib chiqilishini ta’kidlab, shunday degan edi:
“Shunday san’atkorlar ham borki, unvon olgunicha tinimsiz yelib-yuguradi, hol-joningizga qo‘ymaydi. Unvon oldimi, tamom, suvga tushgan toshdek jim bo‘lib ketadi. Ulardan unvonga yarasha, xalqning e’tiboriga yarasha ijod qani, deb so‘rash o‘rinlimi yoki yo‘qmi? Ijodkorning talabi bilan birga burchi ham bo‘lishi kerak emasmi?
Shu munosabat bilan musiqa san’ati sohasida faxriy unvonlar, avvalambor, “O‘zbekiston xalq artisti”, “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” kabi mukofotlar bilan taqdirlash masalasini, bu borada qabul qilingan normativ-me’yoriy hujjatlarni tanqidiy nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi, deb o‘ylayman”.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni oldidan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Joriy yilda Prezident farmoniga ko‘ra, estrada, kino va teatr san’ati vakillaridan hech kim “O‘zbekiston xalq artisti”, “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvonlari bilan mukofotlanmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning san’atkorlarni mukofotlash masalasini tanqidiy ko‘rib chiqish haqidagi fikrlari O‘zbekiston xalqi tomonidan iliq kutib olinib, millionlab o‘zbekistonliklar Prezidentning fikrini qo‘llab-quvvatlagan edilar.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi