Samarqand shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyachining yordamchisi bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘layotgani aks etgan videoyozuvlar "Daryo" tahririyatiga taqdim etildi.
Videoyozuv 25 iyul kuni shahar vokzali yaqinidagi 64-maktabgacha ta’lim muassasasida olingan. Videoda tarbiyachining yordamchisi bolalarga muzqaymoq va tarvuz tarqatish davomida ularga qo‘l ko‘tarayotgani aks etgan.
Videoyozuvni taqdim etgan fuqaroning ma’lum qilishicha, 7 avgust kuni jiyanini bog‘chadan olib ketish uchun borganida, tarbiyachining yordamchisi polda cho‘zilib uxlab yotgan va alkogol ichimlik ta’sirida bo‘lgan.
Fuqaro bir kun o‘tib ushbu holat yuzasidan bog‘cha mudirasiga shikoyat qilgan. Tarbiyachining yordamchisi ham, bog‘cha mudirasi ham fuqaroning shikoyatida keltirilgan da’volarni rad etgan.
"18 avgust kuni jiyanimni boshqa bog‘chaga o‘tkazdik. Bog‘chaga borgisi kelmaydigan bola endi o‘zi xohlab bog‘chaga ketyapti. Eski bog‘chasidagi tarbiyachilarning munosabati yaxshi emasligini shundan ham bilsa bo‘ladi", — deydi fuqaro.
Avvalroq Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyachilarning bolalarga qo‘l ko‘tarayotgani aks etgan videoyozuvlar internetda tarqalgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi