
Xitoyda homilador ayol do‘konlarni aylanib yurib, ko‘chaning o‘rtasida farzandini dunyoga keltirdi. Guvohlar voqeani videoga olishgan, ushbu video virus kabi tarqalib, mashhur bo‘lib ketdi. Bu haqda Kun nashri xabar qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, xitoylik ayol ko‘chada ketayotib qornini ushlab qolgan - u do‘kondan qaytayotganida tug‘uruq jarayoni boshlanib ketgan. Yaqin atrofdagi ayollar stul olib kelib, asfaltga karton qo‘yib, ayolga yordam ko‘rsatishgan.
Ta’kidlash joizki, ayol shifokorlar yetib kelgunga qadar bolani dunyoga keltirib bo‘lgan. Tez tibbiy yordam xodimasi yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘rashga yordam beradi. Rolik yakunida ayol bir qo‘lida chaqaloq, bir qo‘lida xaridlar xaltasi bilan yo‘lida davom etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar