Bugun O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi "Do‘stlik" chegara o‘tkazuv punktining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sof.uz xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, ochilish marosimida chegaraganing har ikki tomoniga bir necha ming kishi yig‘ilgan.
Chegara o‘tkazuv punktining ochilish marosimida ikki mamlakat hukumatlari vakillari, O‘sh va Andijon viloyatlari rahbarlari qatnashishgan. Rasmiy qismdan so‘ng Qirg‘iziston va o‘zbekiston delegatsiyalari chegaraning o‘zbek qismiga o‘tishgan. Bu yerda katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi davomida ikki mamlakat prezidentlari o‘tkazuv punktini ochishga kelishib olishgandi.
Eslatib o‘tamiz, "Do‘stlik" chegara o‘tkazuv punkti Andijon va O‘sh viloyatlari o‘rtasida joylashgan bo‘lib, ilgari har ikki mamlakat fuqarolari to‘y, motam yoki boshqa marosimlarga kelishlari uchun ulardan taklif qiluvchining telegrammasi talab qilinardi. Rasmiylar endi bunday telegrammalarga hojat yo‘qligini bildirishgan.
Endilikda chegara o‘tkazuv punkti soddalashtirilgan rejimda ishlaydi — qarindoshini to‘yga chaqirish uchun telegramma jo‘natish shart bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi