17:02 / 08.09.2017
5 409

“Liliya” laqabi bilan bosqinchilik qilgan uch yigit qidirilmoqda!

“Liliya” laqabi bilan bosqinchilik qilgan uch yigit qidirilmoqda!
Ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zini ayol kishi sifatida tanishtirib, suhbatdoshini uchrashuvga taklif qilgan va uchrashuvga chiqqan oshiq yigitni do‘pposlab, tunash holatlari ko‘plab uchramoqda.

Shunday jinoyatlardan biri Yunusobod tumanida sodir etildi.

4 sentyabr kuni tungi taxminan soat 22:30larda: Sarvar Abduhoshim o‘g‘li Abdurahmonov, Shohruh Qurbonaliyevich Miraliyev va Bobur Bahrom o‘g‘li Ahrorov, o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida fuqaro Ahror Tursunovich Kurbanjanovning yoniga kelgan.

So‘ng uni urib, “Samsung Galaxy DUOS” rusumli uyali telefonini hamda 20 ming so‘m naqd pullarini tortib olib, jinoyat joyidan yashiringan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov davrida Sh.Miraliyev, jinoyat sodir etilishidan bir necha kun avval, tanishlari S.Abdurahmonov va B.Ahrorov bilan bosqinchilik sodir etishni rejalashtirgan, so‘ng Sh.Miraliyev internet orqali “Liliya” ismli qiz sifatida A.Kurbanjanov bilan tanishgan.

U bilan Telegram orqali suhbatlashib turgan. Oradan biroz muddat o‘tib, u Kurbanjanovni uchrashuvga taklif qilgan...

Sh.Q.Miraliyev, mazkur jinoyatni sodir etishdagi sheriklari bilan avvaldan uchrashib olib, Amir Temur ko‘chasi, 115-uyning yoniga kelgan. Kurbanjanov ham shu yerga kelgan vaqtida uni urib, uyali telefoni va pullarini olib qo‘yib, hodisa joyidan yashiringanliklari aniqlangan.

Mazkur jinoyatni sodir etganlikda Sh.Q.Miraliyev, S.A.Abdurahmonov va B.B.Ahrorovlarning aybi to‘liq isbotlanib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilish) bilan ayblov e’lon qilindi.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Liliya” laqabi bilan bosqinchilik qilgan uch yigit qidirilmoqda!