Sirdaryo viloyat prokuraturasi Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev o‘tgan oy oxirida tumandagi maktablar direktorlarini do‘pposlagani aks etgan video bo‘yicha tekshiruv boshladi. Bu haqda «Kun.uz» nashriga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
«12.09.2017 yilda «kun.uz» saytida joylashtirilgan Sayxunobod tumani hokimining harakatlari haqidagi videomaterialda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Tekshiruvning borishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan», deyilgan Bosh prokuratura xabarida.
12 sentyabr kuni Kun.uz sayti Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida avgust oyi oxirida ro‘y bergan hodisa videosini e’lon qildi. Unda Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Mahmudovich Egamberdiyev tumandagi maktablarning direktorlarini yig‘ib, ularni bir qatorga tergan holda kaltaklagani tasvirlangandi. Tuman hokimining so‘zlaridan anglash mumkinki, maktab direktorlari Mustaqillik bayramiga o‘qituvchilarni olib kelmagani uchun jazolangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas