21:55 / 15.09.2017
15 289

Soxta payg‘ambar prezident virtual qabulxonasiga xat yo‘lladi!

Soxta payg‘ambar prezident virtual qabulxonasiga xat yo‘lladi!
Feysbuk tarmog‘ida prezidentning virtual qabulxonasiga payg‘ambarlikka da’vo qilib noma yozgan shaxsning arizasi tarqalib ketdi. Da’vogarning shaxsiy ma’lumotlari yashirilgani sababli uning kim ekanligi ma’lum emas. Murojaatning qisqacha mazmunida u o‘z fikrini isbotlab bera olishini ham aytgan. O‘zini «Ollohning elchisiman», deb tanishtirgan shaxs bu haqda viloyat prokuraturasigacha bir necha marotaba murojaat etganini xatida keltirib o‘tgan.

Azon.uz izohi: Islom dinida eng so‘nggi payg‘ambar Muhammad alayhissalom hisoblanadilar. Alloh taolo u zotni so‘nggi payg‘ambar ekanliklarini o‘z Kalomida shunday deb marhamat qiladi:

“Muhammad sizlardan biron erkakning otasi bo‘lgan emas. Lekin Allohning Rasuli va Nabiylarning so‘nggisidir. Alloh har bir narsani o‘ta bilguvchidir” (Ahzob surasi 40 oyat).

Muhammad sollallohu alayhi vasallamning payg‘ambarliklaridan keyin anbiyolar kelishi oxirladi, kesildi, tugadi. U kishi sollallohu alayhi vasallam payg‘ambarlik qasrining oxirgi g‘ishtidirlar. Alloh taolo u kishi sollallohu alayhi vasallam bilan payg‘ambarlik qasrini kamolga yetkazib, eshigini yopdi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislari u kishining eng oxirgi payg‘ambar ekanliklariga dalolat qiladi:

1. «Mening va anbiyolarning misoli, xuddi binosi go‘zal bir qasrga o‘xshaydi. Unda bir g‘isht o‘rni tark qilingandir. Bas, nazar soluvchilar uni aylanib ko‘rib, binosining go‘zalligidan ajablanadilar. Faqat xaligi g‘isht o‘rnidan boshqa ayb topa olmaydilar. Bas, men o‘sha g‘ishtning o‘rnini to‘lg‘azdim. Men bilan bino xotimasiga yetdi. Payg‘ambarlar oxiriga yetdilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

2. «Albatta, mening bir necha ismlarim bor. Men Muhammadman. Men Ahmadman. Men Al Mohiy – o‘chiruvchiman. Alloh men bilan kufrni o‘chiradi. Men Al Hoshr – to‘plovchiman. Odamlar qadamim ostida to‘planadilar. Men, Al Oqibman. Al Oqib – ortdan keluvchi, undan keyin nabiy kelmaydigan zotdir» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

3. «Albatta, kelajakda mening ummatimda o‘ttizta kazzob bo‘ladi. Hammasi o‘zini nabiy, deb da’vo qiladi. Holbuki, men nabiylarni oxirgisiman. Mendan keyin nabiy yo‘qdir» (Muslim Savbondan rivoyat qilgan).

4. «Boshqa anbiyolardan olti narsa ila afzal qilindim:

1) Menga jamlovchi kalom berildi.

2) Menga dushmanimga qo‘rqinch solish ila nusrat berildi.

3) Menga o‘ljalar halol qilindi.

4) Menga yer poklovchi va masjid qilindi.

5) Men hamma xaloyiqqa yuborildim.

6) Men bilan nabiylar tugatildi» (Muslim va Termiziy rivoyati).

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soxta payg‘ambar prezident virtual qabulxonasiga xat yo‘lladi!