Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi "Mikrokreditbank" AK Qo‘qon filialining bir guruh xodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni yakunladi, deb xabar qildi Sputnik.
Sudlanuvchilar kursisidan filial boshqaruvchisi Jabborali Usmonov, pul operatsiyalari bo‘limi boshlig‘i Zohid Sodiqov, bosh hisobchi o‘rinbosari Shodiyor Raxmataliyev, shuningdek turli lavozimlarni egallagan yana to‘rt nafar bank xodimi o‘rin olganlar.
Muxbir xabariga ko‘ra, firibgarlar 53 kishining omonatini o‘zaro bo‘lishib olgan. O‘g‘irlangan summaning umumiy miqdori 1,73 milliard so‘mni tashkil qilgan.
Bundan tashqari, filial boshqaruvchisi Usmonov soxta hujjatlar yordamida o‘z akasi boshqaruvida bo‘lgan fermer xo‘jaligi nomiga Cobalt avtomobiliga kredit rasmiylashtirgan. Ushbu kreditni yopish uchun yana bir firibgarlik sxemasi ishga solingan bo‘lib, natijada soxta hujjatlar yordamida turli korxona va firmalar xisob raqamlaridan fermer xo‘jaligiga 31 million so‘m o‘tkazib berilgan.
"Tergov ishlari davomida jinoyatchilar bank hisobiga aholidan kelib tushgan elektr energiya uchun to‘lov pullari — 13,4 ming dollaru 148 million so‘mni o‘zlashtirganliklari aniqlangan. Firibgarlar bu pullarning bir qismini o‘zlari o‘g‘irlagan xalq omonatlarini yopish uchun yo‘naltirganlar", — deb xabar qilgan MXX xodimi.
Jinoiy guruh, shuningdek, bu vaqtga kelib o‘z faoliyatini to‘xtatgan to‘qqizta fermer xo‘jaliklari nomlariga imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirgan.
Sud to‘plangan materiallarni ko‘rib chiqib, Jabborali Usmonovni 12 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Shodiyor Rahmataliyevga — 10 yil, Zohid Sodiqovga — 8 yil qamoq jazosi tayinlangan.
Bundan tashqari, sudlanuvchilar 3 yilgacha rahbarlik kursilarini egallashdan mahrum etilganlar.
Jinoiy guruhning qolgan to‘rt nafar ishtirokchisi ham Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilib, har biriga eng kam ish haqining 300dan 400 baravarigacha jarima solingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi