23:23 / 22.09.2017
6 290

Eridan buyragini ayamagan ayol qismati...

Eridan buyragini ayamagan ayol qismati...
Er-xotinning urushi — doka-ro‘mol qurishi, deydi dono xalqimiz. E’tibor bering, doka-ro‘molning qurishi! Ya’ni, kuniga besh-olti martagacha idish-tovoq yuviladigan doka-ro‘mol ham tez quriydi, ham tez xo‘l bo‘ladi...

Ayrim oila ustunlarining o‘z farzanlari oldida ko‘rsatadigan “tomoshasi”dan yoqa ushlaysan kishi. Er-xotin tezda, aniqrog‘i doka-ro‘mol quriguncha yarashib ketadi, biroq bolalar ruhiyatidagi “beodoblik manzaralari” esa...

Mayli, bu boshqa mavzu!

Er-xotinning g‘idi-bidisi — mayda gap! Gap boshqa yoqda... Ishi yurishmay, yaxshi pul topolmay qolgan, sog‘lig‘ini yo‘qotib, nogiron bo‘lib qolgan erlarni tashlab ketgan ayollar qancha! Yoki, aksincha, ta’bir joiz bo‘lsa, jufti halolining tovonini o‘padigan ayollar qancha!

Buni qarangki, eriga o‘zining tanidan “tuhfa” hadya etuvchi mard ayollar ham bor ekan dunyoda...

Turkiyaning Yozgort viloyatida 10 yildan beri buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekib kelayotgan Solih Yozitoshga shifokorlar buyragini olib tashlash yoki almashtirish kerakligini aygan. Bu haqda Anadolu agentlini xabar bermoqda.

Shunday og‘ir damda erini yolg‘izlatib qo‘ymagan Aynur Yozitosh turmush o‘rtog‘iga o‘zining buyragini bermoqchi ekanligini ma’lum qiladi.

Tibbiy tahlil natijalariga ko‘ra ayolning buyragi betob yotgan turmush o‘rtog‘iga mos kelishi aniqlandi.

Ammo Aynur Yozitosh ortiqcha vaznga ega ekanligi uchun buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti xavfli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shifokorlar boshqa donor topish yoki zudlik bilan parhez ushlash lozimligini uqtirishadi.

Turmush o‘rtog‘i tuzalishi uchun tutilgan parhez Aynur Yozitoshni 120 kilogram vazndan 100 kg vazngacha oriqlashga “majbur” etdi.

Shunday qilib, ayolning sog‘lom buyragi erining xastalangan buyragi o‘rniga ko‘chirib o‘tkazildi. Shifoxonada Aynur va Solih Yozitoshlar ishtirokidagi jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi.

Hozirda Solih Yozitoshning ahvoli yaxshi ekanligi aytilgan. Bir buyragida qolgan va jarrohlikdan so‘ng yana vazn tashlab anchagina xushbichim bo‘lib qolgan Aynur turmush o‘rtog‘i oyoqqa turib ketishi uchun o‘ziyam yotgan shifoxonada girdi-kapalak...

Ana shunaqa!

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eridan buyragini ayamagan ayol qismati...