Bugun, 22 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatida ta’lim oluvchi oliy ta’lim muassasalari talabalari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Selektor” haqidagi xabar asosida daladan qaytdi. Bu haqda ayrim OTM talabalari xabar berdilar.
Biroq Nishon tumanidagi dalalarda paxta terayotgan o‘qituvchilar esa hech qanday huquqiy asos ko‘rmaganliklari sababli bugun terimni to‘xtatmay turibdilar.
Hammaning og‘zida bitta gap: “O‘qituvchi, shifokor va talabalar uyga qaytarkan”.
21 sentyabr kuni Bosh vazir ishtirokidagi selektr majlisi bo‘lib o‘tgani va barcha ta’lim va tibbiyot sohasi vakillari daladan qaytarilishi haqidagi og‘zaki xabarlar tarqaldi.
Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, paxta terish mashinalari yordamida paxta terib olinadi. Bundan tashqari, vaqtincha ishsiz yoshlardan tashkil topgan “Fidoiy yoshlar otryadi” a’zolarini jalb qilgan holda paxtani terib olish mumkin.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot