
22 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va “LUKOYL” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov Hisor foydali qazilmalar guruhining tantanali ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

“Janubi-g‘arbiy Hisor” loyihasi doirasida yiliga 4,4 milliard kub metr gaz qazib olish quvvatiga ega majmua hamda oltita gaz to‘plash punktining o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “LUKOYL” kompaniyasining xorijda amalga oshirayotgan loiyhalarida qazib olgan gazining yarmi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.

2017 yilning sentyabr oyi holati bo‘yicha “LUKOYL” boshqaruvi ostida O‘zbekistonda 45 milliard kub metr gaz qazib olingan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar