Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov 23 sentyabr kuni Samarqandga keldi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Turobjon Jo‘rayev kutib oldi.
Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov 24 sentyabr kuni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilishni, Samarqandning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari bilan tanishishni rejalashtirgan. U kunning ikkinchi yarmida Toshkentga keladi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan tatar millatiga mansub yurtdoshlarimiz bilan uchrashadi, Tatariston san’at ustalari ishtirokidagi konsert dasturini tomosha qiladi.
Tashrifning asosiy voqealari 25 sentyabrga mo‘ljallangan. R.Minnixonov buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqil O‘zbekiston asoschisi Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yadi.
Shu kuni R.Minnixonov poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida tashkil etiladigan O‘zbekiston – Tatariston ishbilarmon doiralari vakillari qo‘shma biznes-forumida qatnashadi.
Tatariston Prezidenti turli vazirlik va idoralarida uchrashuvlar o‘tkazadi, Toshkentning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi