Paxta terish xizmati haqi uchun 1 oktyabrdan yangi tarif o‘rnatiladi. Bunda 1 kilogramm qo‘lda terilgan paxta uchun 500 so‘m miqdoridagi mablag‘ to‘lanishi belgilangan.
Bu avval o‘rnatilgan tarifdan 50 so‘m qimmatlashganini bildiradi.
Paxta uchun terim narxini 500 so‘m qilib belgilash masalasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14 sentyabrdagi “2017 yilda paxta xom-ashyosini sotib olish narxlari to‘g‘risida”gi qarori ko‘rib chiqilgan.
Ma’lumot uchun, paxtaning qo‘lda terim haqi 2016 yilda 285 so‘mni tashkil etgan edi.
Paxta terish mashinalarining qator viloyatlarda ishga tushirilgani munosabati bilan mashinada terilgan 1 tonna paxta uchun 260 ming so‘m haq to‘lanishi belgilandi.
Fermerlar terim to‘lovlarini har besh kunda, yoki zarur hollarda, har kuni amalga oshirishi tavsiya qilindi.
Qarorda paxta terimi vaqtida 100 kishidan kam bo‘lmagan paxta xom-ashyosini terish otryadlarini tuzish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib boriladi.
Otryad boshliqlari va “O‘zpaxtasanoat” kompaniyasi tashkilotlari o‘rtasida fuqarolik-huquqiy shartnomalari tuzilishi belgilangan.
Otryad boshliqlariga ish haqini vaqtida to‘lash maqsadida “Agrobank”ka 45 mlrd so‘m miqdorida kredit ajratilishi haqida topshiriq berilgan.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi