Avvalroq, 25 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning topshirig‘iga asosan Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vaziri O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu uchrashuvda tomonlar Rossiyadan O‘zbekistonga shakar eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishganlar. Ushbu tashabbusni uzoq muddatga mo‘ljallanganligiga umid bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qo‘llab-quvvatlagani ta’kidlangan. Xabar Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati tomonidan berilgan.
Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirining ta’kidlashicha, rossiyalik eksport qiluvchilar O‘zbekistonga yog‘-moy mahsulotlari, g‘alla, mol go‘shti, shakar, baliq va baliq mahsulotlari va shirinliklarni yetkazib berishga qiziqish bilan qaramoqdalar.
Rossiyalik vazirning O‘zbekistonga uch kunlik ishchi tashrifi doirasida qator kelishuvlarga erishilganligi aytilmoqda. Jumladan:
- “O‘zbekoziqovqatxolding” XK va Rossiya shakar ishlab chiqaruvchilari ittifoqi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv;
- “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Qirg‘iziston ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar ittifoqi hamda Rossiya kartoshka ittifoqi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi uchtomonlama kelishuv;
- Rossiya kartoshka ittifoqi va O‘zbekistonning “Sanray Agro Plus” MChJsi o‘rtasida kartoshka urug‘ini yetishtirish bo‘yicha O‘zbekiston hududida seleksion-urug‘chilik markazi tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar
va bir qator boshqa loyihalar imzolandi.
Bundan tashqari, “O‘zpaxtayog‘” AJ va Makkajo‘xori va kungaboqar urug‘ini yetishtiruvchilar milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlikdagi harakatlar bo‘yicha kelishuv loyihasi ishlab chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, 15 sentyabrdan kukun shaklidagi shakarqamish va lavlagidan olinadigan shakar mahsulotlari hamda kimyoviy toza saxaroza yarimtayyor mahsulotini O‘zbekiston Respublikasi iste’mol bozoriga olib kirish uchun bojxona to‘lovlariga nol stavkasi o‘rnatilgan edi.
Rossiyalik eksport qiluvchilar O‘zbekistonga yog‘-moy mahsulotlari, g‘alla, mol go‘shti, shakar, baliq va baliq mahsulotlari va shirinliklarni yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishganidan so‘ng mazkur oziq-ovqat mahsulotlarining chakana sotuv narxlari arzonroq bo‘lishi kutilmoqda.
Bu o‘rinda eksport qiluvchilar tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro sog‘lom raqobat, bundan tashqari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsuloti bilan import mahsulotlari o‘rtasidagi raqobat — muhim omil bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.
Aniqrog‘i, iste’mol bozorida talabga nisbatan taklifning ortishi — mahsulotlar sifatini oshirish bilan birga uning arzon bo‘lishini ham ta’minlaydi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi