Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi N.P. muqaddam ham jinoyat sodir etganligi bois javobgarlikka tortilgan bo‘lsada, bundan xulosa chiqarmay o‘zgalarning mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilishga urinadi. Bu haqda «Toshkent viloyati IIB»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
2017 yil 10 sentyabr kuni soat taxminan 01:00larda o‘zining jinoiy sherigi V.A. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, shu tumanda yashovchi Z.X.ning qo‘yxonasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan jami narxi 3 million so‘mlik bo‘lgan 3 bosh qo‘chqorni yashirin ravishda o‘g‘irlab, jinoyat sodir etgan joydan yashirinadi.
O‘g‘irlangan qo‘ylarni qassobga sotib yuborishadi. Ichki ishlar organlari tomonidan o‘g‘irlik holati bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilayotganligidan xabar topgan N.P. va V.A. o‘zlarining xatti-harakatlarini bekitish maqsadida, o‘g‘irlangan qo‘ylarni jabrlanuvchi yashovchi mahallaga olib kelib qo‘yib yuborishadi.
Hozirgi vaqtda N.P. va V.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"