22 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi fondning www.fondkarimov.uz sayti ishga tushdi. Unda Fond haqida, uning faoliyat yo‘nalishlari, yangiliklar, loyiha va dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berib borilishi ma’lum qilingandi. O‘zbekiston Birinchi Prezidentning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan adabiy asarlar, shaxsiy arxivdan olingan fotosurat va videolavhalar, shuningdek, Islom Abdug‘aniyevichning asarlari, maqola va iqtiboslari saytda keltiriladi. Islom Karimov Fondining Facebook'dagi sahifasida Birinchi Prezidentning onalari Sanobar aya Karimova haqidagi ma’lumotlar va Islom Karimovning onalari haqidagi so‘zlari yozilgan arxiv video taqdim etildi, deb yozadi Kun nashri.
"Islom Karimovning volidalari Sanobar Karimova (1902-1982) sakkiz nafar farzandni dunyoga keltirib, o‘z hayotlarini ularning tarbiyasiga bag‘ishlaganlar.
Yurtimizning birinchi Prezidenti hamisha onalarini katta mehr bilan yodga olardilar. Ayniqsa, oyilarining ovqat pishirishlari, xamir qorib yoyishlari ko‘zlari oldidan tez-tez o‘tishini ko‘p takrorlar edilar.
Islom Abdug‘aniyevich bolalik chog‘lari oyilari bozorga borganlarida yoki qarindoshlari holidan xabar olganlarida hamisha ularga hamrohlik qilishlarini aytib o‘tganlar.
U kishi o‘z onalari nihoyatda dono va zakovatli ayol bo‘lganlarini so‘zlab berardilar. O‘g‘illari Toshkentdan Samarqandga ulardan xabar olgani kelganlarida, Sanobar aya yurtimiz va dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalardan hamisha qiziqib so‘rar ekanlar".
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"