
Kecha, 27 sentyabr kuni kechki payt Sankt-Peterburgning Mebelnoy ko‘chasida 18 yoshli qizning jasadi topildi. Marhumaning tanasida balandlikdan qulash (sakrash) asoratlari (alomatlari) bor ekanligi aniqlangan.
Shaharning Primore tumani huquqni muhofaza qilish idorasi xodimlari qizning o‘limi yuzasidan qidiruv ishlarini boshlab yuborganini xabar qilishdi. Marhum 18 yoshli qiz O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilgan.
Tergovchilar qizning shaxsini aniqlash uchun uning telefonidagi tanishlariga qo‘ng‘iroq qilib ko‘rishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik qiz Lanskoye shoh ko‘chasidagi opasining uyida yashagan.
Qiz norasmiy ravishda enaga bo‘lib ishlagan. Uning o‘limi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar