Joriy yilning 16 sentyabr kuni soat 22.30 larda, Andijon tumanidagi Jumabozor MFY, Bo‘taqora ko‘chasida 1 nafar farzandi bor uy bekasi Q.H.K.ning (1975 yilda tug‘ilgan) jasadi topildi.
Sud-tibbiy ekspertizasining tashxisiga ko‘ra, fuqaro qattiq to‘mtoq jism bilan qisilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfeksiya natijasida vafot etgan. Bu haqda Andijon viloyat IIB PPX va JTSB matbuot xizmati xabar berdi.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni H.Q.ning turmush o‘rtog‘i Q.H.M. (1975 yilda tugilgan) sodir etgani aniqlandi. U viloyat IIB JKB hamda GTPX va JTSB 2-otryad xodimlari tomonidan shahar hududida ushlandi va O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida Andijon shahar IIB VSXga joylashtirildi.
Hozirda Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"