00:22 / 30.09.2017
7 282

Jasurbek Ibrohimovning onasi o‘g‘li o‘z o‘limi oldidan nima deganini aytdi

Жасурбек Иброҳимовнинг онаси ўғли ўз ўлими олдидан нима деганини айтди
Kuni kecha Toshkent shahrida Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimovning o‘limi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston.
Sud poytaxtdagi Mirobod tuman sudida ochiq tartibda bo‘lib o‘tdi va uch soatcha davom etdi. Sudlanuvchilar kursisida faqatgina o‘n sakkiz yashar Islombek To‘laganov bo‘lgan. To‘laganov Jinoyat kodeksining 104 moddasi 3 bandi (qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish va bu orqali jabrlanuvchining o‘limiga sababchi bo‘lish) bo‘yicha ayblanmoqda.

Jinoyatni sodir etgan vaqtda gumonlanuvchi hali 18 yoshga to‘lmagan bo‘lgan, shu bois, jabrlanuvchi tomonning advokati Lola Ismoilovaning so‘zlariga ko‘ra, Islombekni eng ko‘pi bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi kutmoqda.
Halok bo‘lgan yigitning qarindoshlari janjalda uyushgan guruh ishtiroki haqida aytib, bunda qat’iy turgan bo‘lsalarda, Islombek To‘laganov ushbu jinoiy ishda yagona ishtirokchi sifatida qatnashmoqda.

O‘z navbatida ayblanuvchi tomon Jasurbek o‘limida aynan uning kursdoshi Islombek To‘laganov aybdor degan ayblovlarga qarshi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, fojia yuz berishiga jabrdiydaga o‘z vaqtida ko‘rsatilmagan tibbiy yordam sabab bo‘lgan.

Sud majlisida Jasurbekning onasi Nilufar Aliyeva so‘zga chiqdi.

Ayol ko‘zida yosh bilan o‘sha mash’um kunlarda, ya’ni o‘g‘li kaltaklanganidan so‘ng yuz bergan voqealarni birma-bir yodga oldi.
Jasurbek beshta operatsiyani boshdan kechirgan, shifokorlar uni olib qolish uchun jon-jahd bilan kurashgan bo‘lsalarda, ammo olingan jarohatlar o‘ta og‘ir bo‘lgan…

Jasurbekning so‘zlaridan ona o‘z o‘g‘lini olti kishi kaltaklaganini bilib olgan: ikki nafari kursdoshi, ikki nafari parallel kursdoshlari va qolganlari uchinchi kurs talabalari bo‘lishgan. "Bunga guvohlar ham bor", deb aytgan Aliyeva.

"O‘g‘lim avvaliga uni kaltaklashganini tan olmadi. Bizga "yiqildim" deb aytdi. Ammo keyin uni ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorlar jarohatlar sabablarini aniqlashgach, militsiyaga xabar berishdi. Men Jasurbekni savolga tutib, undan aslida nima ro‘y berganini, uni kim bu qadar kaltaklashi mumkinkinligini so‘ray boshladim. Oqibatda u hammasini tan oldi va barcha ismlarni aytdi", — dedi sud zalida Jasurbekning onasi.


Ona shu paytgacha o‘g‘li bergan bir savolni hech unutolmayotganini aytgan.
Aliyevaning so‘zlariga ko‘ra, Jasurbek o‘z o‘limi oldidan: "Oyijon, qaysi gunohim uchun ular meni bu kuyga solishdi?", — deb so‘ragan.

O‘z navbatida advokat Lola Ismailovaning ta’kidiga ko‘ra, o‘smir kollejda tartibsizliklarga bosh bo‘lgan allaqanday bir guruhga bosh egishni xohlamagani uchun jabr ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Jasurbekni shafqatsizlarcha kaltaklagan yigitlar o‘sha guruh a’zolari bo‘lgan.

"Axir u saxiy, iqtidorli yigit edi, guruh yoqimtoyi bo‘lgan, sport bilan shug‘ullangan, guruh va kollej hayotida faol ishtirok etgan, qizlarga yordam bergan. Xususan, mana shu uchun ham u bezorilar e’tiborini o‘ziga jalb qilgan bo‘lishi mumkin. Xuliganlar uni "sindirishni" xohlashgan, Jasurbek esa ularga bosh egishdan bosh tortgan va shu uchun ham jabr ko‘rgan", — deb tushuntirgan jurnalistlarga ayol.

Advokat Ismoilovaning fikricha, bu ishda jinoyat sodir etilgani to‘g‘risida organlarga xabar qilmagani uchun tibbiyot kolleji xodimlari ham jazoga tortilishi darkor.

Xususan, guruh dekani va kuratori ro‘y bergan hodisadan xabardor bo‘lishgan, ammo hech qanday chora ko‘rishmagan. Bundan tashqari, advokatlar Jasurbekni kaltaklashda qatnashgan bolalarning ota-onalarini ham munosib tarbiya bera olmaganliklari uchun javobgarlikka tortishni rejalashtirgan.

Nilufar Aliyeva sud majlisi davomida yana bir gapni yodga oldi. "Kollej dekani bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng o‘tkazilgan majlisda imkoniyatni boy bermay "Jasurbek endi yo‘q, endi unga yordam bera olmaymiz, biz esa kollej sha’nini himoya qilishimiz kerak", deb aytganini so‘zlab berdi.

Hodisa yuz bergan joy yaqinida o‘rnatilgan kuzatuv kameralari aynan o‘sha kuni ishlamagan. Bu holat ham jinoyat yuzasidan surishtiruv olib borilishini murakkablashtirmoqda.
Keyingi sud majlisi 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Endi sud jarayonida jinoiy ishning bosh figuranti — Islombek To‘laganovning dalillari eshitiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jasurbek Ibrohimovning onasi o‘g‘li o‘z o‘limi oldidan nima deganini aytdi