Bir oilaning guldek farzandining umriga zomin bo‘lish qanchalik katta gunoh ekani hammamizga ayondir. Bundan tashqari, uning ortidan onasi, turmush o‘rtog‘i va ikki nafar murg‘ak farzandlari bo‘zlab qolishini ko‘rish bundanda og‘ir.
2016 yil 9 dekabr kuni soat 20:10da Shayhontohur tumani IIBga bir guruh shaxslar o‘rtasida nizo sabab qon to‘kilishi yuz bergani haqida xabar berilgan.
Abdulla Abdusamatovga pichoq yordamida og‘ir tan jarohati yetkazilgan hamda u 10 dekabr kuni jarrohlik operatsiyasidan so‘ng vafot etgan. Uning o‘limiga ko‘p miqdorda qon yo‘qotishi va o‘tkir tig‘li jarohatlar sabab bo‘lgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudi bir guruh shaxslarga nisbatan hukm chiqardi. Sardor Qayumjonov (7 yil), Oybek Abzalov (7 yil), Shohruh Ulashev (6 yil), Abror Normetov, Jasur Mannopov, Muhriddin Yusupov, Sa’dulla Abdullayev, Sherzod Umarjonov, Otabek Husainovlarga (4 yil 4 oy 11 kun) nisbatan jazo tayinlandi.
Abdulla Abdusamatovning uchunchi farzandi uning o‘limidan so‘ng tug‘ildi. Sodir etilgan qotillik Abdullaning oilasiga og‘ir sinovlarni duchor qilgani rost. Ayoli va ikki nafar farzandi boquvchisini yo‘qotdi, uning uchinchi farzandi otasini ko‘rmagan hatto...
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"