19:51 / 04.10.2017
5 055

Sergelida yolg‘on xabar orqali o‘zganing mablag‘iga ega chiqishni maqsad qilgan “shovvozlar”ning rejasi o‘tmadi (video)

Sergelida yolg‘on xabar orqali o‘zganing mablag‘iga ega chiqishni maqsad qilgan “shovvozlar”ning rejasi o‘tmadi (video)
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan xududda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilikning oldini olish va sodir etilgan jinoyatlarni issiq izida fosh etish maqsadida tunu-kun xizmat olib borilayapti. Ayrim shahslar jinoyat xaqida yolg‘on xabar berib, ichki ishlar xodimlarini sodir etilmagan jinoyatni fosh etilishi uchun barcha kuch va vositalarni, vaqtlarini behudaga sarflashlariga olib kelmoqda, deb yozadi «O‘zbekiston 24».

Ana shunday holatlardan biri Sergeli tumanida sodir bo‘ldi. Otashev Doston va Latipov Jobirlar Sergeli tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib o‘z arizasida ularga nisbatan bosqinchilik jinoyati sodir etib, pochta sifatida Berdiyev Azamatdan olgan 10 400 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni nomalum shahslar olib ketganligi haqida xabar berishadi. Xolat yuzasidan zudlik bilan barcha shahsiy tarkib ushbu jinoyatni sodir etgan nomalum shahslarni ushlashga jalb etiladi.

Dastlabki surishtiruv ishlari davomida jabrlanuvchi Otashev Doston va Latipov Jobirlarning ko‘rsatmalari bir-biriga to‘g‘ri kelmayotgani xodimlarda shubha uyg‘otadi. Surishtiruv ishlari davomida ma’lum bo‘lishicha, ushbu ikki shahs birovning pullariga ega chiqish maqsadida ushbu jinoyat xaqida yolg‘on xabar bergan va atrofdagilarni bu jinoyatga ishontirish uchun o‘zlarga tegishli bo‘lgan ISUZU yuk avtomashinasining oynasini tosh bilan urib sindirganlar. Dalillarni ham soxtalashtirishgan.

Bu ikki yosh ichki ishlar xodimlariga yolgon xabar berganliklari uchun qonun oldida tegishli tartibda javob berishadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelida yolg‘on xabar orqali o‘zganing mablag‘iga ega chiqishni maqsad qilgan “shovvozlar”ning rejasi o‘tmadi (video)