18:10 / 05.10.2017
6 963

Sergeli tumanida fuqaro 3 kilogramm marixuana bilan ushlandi

Sergeli tumanida fuqaro 3 kilogramm marixuana bilan ushlandi
2017 yilning 2 oktyabr kuni taxminan soat 16:30larda, “Do‘stlik” tadbiriga jalb qilingan Toshkent shahar IIBB PPXB xodimlari tomonidan olib borilgan xizmat davrida, Sergeli tumani, O‘zgarish maxallasi, Qipchoq ko‘chasidan o‘tib ketayotgan fuqaro 1994 yilda tug‘ilgan B.A.R. to‘xtatib tekshirilganda, uning yonidan oq sellofan paketga solingan og‘irligi 3 kilogramm 63 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan. Bu haqda «poytaxt IIBB»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergeli tumanida fuqaro 3 kilogramm marixuana bilan ushlandi