20:33 / 07.10.2017
11 740

Yuridik kollejda o‘ldirilgan bolaning suratlari tarqalmoqda...

Yuridik kollejda o‘ldirilgan bolaning suratlari tarqalmoqda...
Kecha, 6 oktyabr kuni Toshkent yuridik kollejida sodir bo‘lgan zo‘ravonlik bir oila farzandining o‘limi bilan tugadi.

Kollej oshxonasida yuz bergan baxtsiz fojia natijasida o‘quvchilardan biri tengdoshiga pichoq urdi.

Natijada o‘quvchilardan biri shifoxonada vafot etgan bo‘lsa, ikkinchisi og‘ir jarohat olgan.

Shu o‘rinda bir hapqli savol tug‘iladi...

Kollej hududiga pichoq olib yurish darajasigacha yetib borgan o‘quvchilar, uni birovga sanchish darajasiga bir kunda borib qolmagandir..?

Bu, kollejdagi tartibsizlik va o‘zboshimchalik o‘zining cho‘qqisiga borib yetganidan darak beradi. “Borovskiy”da o‘quvchilar kollej hududida urishishdi, mushtlashishdi, natijada bir o‘spirin hayotdan erta ko‘z yumdi. Yuridik kollejda esa pichoqlashdi...

Barchasiga ta’lim muassasasida yaratilgan “muhit”, “sharoit” sabab bo‘lmadimikan?

Kechaning o‘zida, 6 oktyabr kuni soat 10:05da, Toshkent yuridik kolleji hududida 3-bosqich o‘quvchilari – 2000 yilda tug‘ilgan Saidkamron Saidvohidov, Asadbek Parpiboyev hamda Rahmatilla Yorqoriyev o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida halokat sodir bo‘lgani haqida ma’lum qilgan edik.

Ularning suratlari jamoatchilikka ma’lum emas edi, bugun, 7 oktyabr Asadbek Parpiboyevning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqatildi.

Suratlar tarqalib ulgurmasdan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Adliya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining mas’ul rahbar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent yuridik kolleji direktori Natalya Temirova ishdan olindi.

Ma’lumot uchun, Asabdek Parpiboyev “chap son yuqori uchligiga sanchilib kesilgan jarohati, faol qon ketishi” tashhisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bolalar bo‘limiga yotqizilgan va olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan edi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuridik kollejda o‘ldirilgan bolaning suratlari tarqalmoqda...