1 mlrd. 30 mln. so‘m pulga chuv tushirgan shaxs ushlandi

Hozirgi kunda Navoiy shahar Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limida, ushbu shaharda joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari 1974 yilda tug‘ilgan F.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar berganligini Kun nashri ma’lum qilmoqda.
F.T.ning ustidan kelib tushgan arizada, u Navoiy shahrining 18-mikrorayon hududida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan 8 ta ikki xonali va 4 ta bir xonali uylarni olib berishini va’da qilib, fuqarolardan 1 mlrd. 30 mln. 400 ming so‘m pulni olib, qochib yurgani ko‘rsatilgan.
Firibgar rahbar ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!F.T.ning ustidan kelib tushgan arizada, u Navoiy shahrining 18-mikrorayon hududida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan 8 ta ikki xonali va 4 ta bir xonali uylarni olib berishini va’da qilib, fuqarolardan 1 mlrd. 30 mln. 400 ming so‘m pulni olib, qochib yurgani ko‘rsatilgan.
Firibgar rahbar ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…