22:20 / 09.10.2017
7 052

Toshkentda 30 ga yaqin yangi metro stansiyalari quriladi

Toshkentda 30 ga yaqin yangi metro stansiyalari quriladi
Ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan rejalarga ko‘ra, Toshkentda «Qo‘yliq», «Tuzel», «Baxt Ko‘li» nomli metro stansiyalari qurilishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi «Kommersant.uz».

Ushbu stansiyalar qurilishi haqida avval xabar berilmagan edi. Misol uchun, yo‘nalishlardan istiqbollisi «O‘zbekiston» yo‘lidan poytaxtning «Qo‘yliq» bozorigacha bo‘ladigan yo‘nalish. Bu yerda 5 ta yangi stansiya paydo bo‘ladi, shulardan uchtasi nomlanib bo‘lingan — «Qo‘yliq», «Tuzel» va «Baxt Ko‘li». Qurilish loyihalari endi tayyorlanmoqda, deb xabar berdi Toshkent metropolitenining qurilish departamenti.

Yana bir qiziqarli xabarlardan biri «Buyuk Ipak Yo‘li»dan «Qorasuv» tumani yo‘lida yana uchta stansiya qurilishidir.

To‘qqizta stansiyadan iborat yangi liniya «Ippodrom» bozori, «Algoritm—30-31», «O‘rikzor» bozoridan o‘tib, «Qoraqamish» mavzesida yakunlanadi va «O‘zbekiston» yo‘liga ulanib ketadi.

Eslatib o‘tamiz, bugunga kelib poytaxt metropoliteni 29 ta stansiyadan tashkil topgan 3 ta liniyadan iborat. Ularning umumiy uzunligi 39 kilometrni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 30 ga yaqin yangi metro stansiyalari quriladi