Qiz bolani palaxmon toshi deydilar. Otilgan yerida toshday qotishi, oilasi bilan tinib-tinchib ketishi uchun aytilgan bu gap so‘nggi paytlarda o‘z kuchini yo‘qotayotgandek. Endilikda qiz bola shunchaki tosh emas, balki qimmatbaho matoxlarga burkangan va borgan yerini hashamatga to‘ldirishga majbur qaynar xumchaga aylanib qolmoqda. Siz o‘zingizni qarzdordek tutar ekansiz, albatta, sizdan nimadir umid qilishlari turgan gap.
Qadrli ota-onalar! Nega endi oq yuvib-oq tarab, yomon ko‘zlardan narida o‘stirgan, yillab kasb yoki xunar o‘rgatgan qimmatbaho marvaridingizni shundoq holicha yangi oilaga uzatishdan iymanasiz? Uni molu-dunyoga, hashamatga ko‘mib o‘g‘il o‘stirib qo‘ygan xonadonga qo‘shqo‘llab topshirar ekansiz, «kamiga qarzdormiz» deya yelka qisasiz. Qizingiz o‘z uyiga mehmon bo‘lib kelganida esa «Qudamdan ta’na eshitmadimikan…» deya ko‘nglingiz g‘ash, uning gapini poylaysiz. Balki o‘zingiz kuyov bo‘lmishning sizda «Haqqi bor»ligini uning ongiga singdirayotgandirsiz?
Yaqin kunlarda «Toshkent» telekanalida namoyish etilgan ko‘rsatuvdan olingan quyidagi lavha ushbu mushohadalarni yozishimizga sabab bo‘ldi.
Mana, tomosha qiling, aziz muxlis, biz o‘zimiz bilib-bilmay qanday kuyovlarni tarbiya qilayapmiz.
VIDEO
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi