Toshkent shahrida piyodalarning yo‘lning qatnov qismidan kesib o‘tayotgan vaqtida sodir bo‘lgan turli yo‘l-transport hodisalari haqida xabarlar tarqalmoqda.
Xuddi shu kabi oqibati ayanchli tugagan YTH 21 oktyabr kuni kechki 18:00 lar atrofida Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasida sodir bo‘ldi. Baxtsiz hodisa qo‘lida bolasi bilan yo‘ldan o‘tayotgan ayolni Lacetti avtomobili urib yuborishi oqibatida sodir bo‘lgan. Yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan ona va bola Sag‘bon ko‘chasida joylashgan “Qizil tut” do‘koni oldidan yo‘lni kesib o‘tishga uringan va ularni mashina urib yuborgan.
Ayni shu do‘kon oldida oktyabr oyining boshida ham oqibati piyodaning o‘limi bilan yakun topgan YTH sodir bo‘lgan edi. Unda 55 yoshlar atrofidagi shaxsni Damas avtomobili urib yuborgan hamda jabrlanuvchi yo‘lning qatnov qismiga yiqilgan. Erkak Spark avtomobilining bamper qismiga ilinib qolgani sabab sudrab ketilgan. Fuqaro voqea joyida halok bo‘lgani xabar qilingan.
Piyodalarning yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning navbatdagisi kecha, 22 oktyabr kuni Toshkent katta xalqa yo‘lining Hasanboy hududiga yaqin qismida sodir bo‘lgan. Katta tezlikda harakatlangan Matiz avtomobili yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan o‘rta yoshlardagi erkakni urib yuborgan.
Guvohlarning ta’kidlashicha, Sag‘bonda mashina urib yuborgan qizaloq va ayol shifoxonaga olib ketilgan, ona shifoxonada vafot etgan. Bundan tashqari, Hasanboyda sodir bo‘lgan YTHda jabrlangan o‘rta yoshlardagi fuqaro voqea joyida vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasida «yashil» energiyani rivojlantirishga doir bitim imzolandi