
2017 yilda dunyoga kelgan qizlarga qo‘yilgan eng ommaviy ism Sofiya bo‘ldi. Bunday fikrga babynamewizard.com sayti asoschisi Laura Uottenberg keldi.
Kun.uz nashrining xabar berishicha, Uottenberg 48 ta davlatda dunyoga kelgan qiz chaqaloqlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib chiqqan. U Sofiya ismi ommaviyligi bo‘yicha Rossiya, Italiya, Shveysariya, Sloveniya, Meksika, Estoniya, Argentina va Chilida yetakchilik qilganini aniqlagan.
"Meni bunday turli til va madaniyatga ega davlatlarda bir vaqtning o‘zida bir xil yangraydigan ism tanlangani hayratlantirdi", deb aytgan Uottenberg.
Laura Uottenberg ismlar bo‘yicha dunyodagi eng taniqli mutaxassislardan biri hisoblanadi. Uottenberg 2005 yilda ismlarga bag‘ishlangan "The Baby Name Wizard" kitobini nashr etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar