O‘zbekiston ichki ishlar vaziri buyrug‘i bilan avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma va haydovchilik guvohnomasi uchun yangi to‘lov stavkalari tasdiqlandi. Yangi namunadagi ushbu hujjatlar joriy etilishi munosabati bilan kiritilgan o‘zgartishlar 17 oktyabrdan kuchga kirdi.
Avtomototransport vositasini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnoma uchun to‘lov miqdori eng kam oylik ish haqining 20 foizidan 70 foiziga qadar oshirildi. Vaqtinchalik guvohnoma uchun to‘lov esa EKOIHning 20 foizini tashkil etadi.
Shikastlangan yoki o‘g‘irlangan guvohnoma dublikati uchun to‘lov ham EKOIHning 70 foizini, yo‘qotilgani uchun esa EKOIHning 1 barobari, yo‘qotilgan vaqtinchalik guvohnoma uchun — belgilangan summaning 5 barobari miqdorida to‘lov undiriladi.
Haydovchilik guvohnomasi olishdagi to‘lov stavkasi ham EKOIHning 20 foizidan 70 foiziga qadar oshirildi. Yo‘qotilgan guvohnoma o‘rniga vaqtinchalik ruxsatnoma berish to‘lovi EKOIHning 10 foizi miqdorida belgilandi.
Yo‘qotilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi o‘rniga yangi namunadagi guvohnoma yoki yo‘qotilgan yangi namunadagi guvohnoma dublikatini olish uchun to‘lov EKOIHning 1 barobari miqdorida etib belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi