«WhatsApp’ni yangilash» deb nomlangan soxta ilovani bir milliondan ortiq odam yuklab oldi. Jinoyatchilar messenjerning dizayni hamda logotipini ko‘chirib olishgan. Bu haqda «Motherboard»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
Soxta WhatsApp bir holatdan tashqari odatdagidek ishlagan: unga to‘liq ekranli reklamani qo‘shib qo‘yishgan. Bundan tashqari, foydalanuvchilarni Google Play’da ishlab chiquvchi sifatida WhatsApp Inc. ko‘rsatilgani ham ishontirgan bo‘lishi mumkin - haqiqiy ilovani ishlab chiqqan tashkilot ham shunday nomga ega. Jinoyatchilar Unicode-belgi oxiriga buzilmagan bo‘sh joy belgisini qo‘shib, nomni ko‘chirgan bo‘lishlari mumkin.
WhatsApp’ning nusxasini birinchi bo‘lib Reddit’da topishdi. Foydalanuvchilar Google Play’da kimdir messenjer ishlab chiqaruvchisining nomini ko‘chirib olganligi va o‘zining soxta mahsulotini ishga tushirgani borasida shikoyat qilganlar.
Ushbu xabar yozilayotgan paytda firibgarlar ilova nomini «Dual Whatsweb Update»ga o‘zgartirishgan hamda uning ikonachasini almashtirishgan.
Google’dagilar vaziyatga izoh berishmadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi