Olimlarning ta’kidlashlaricha, yozgi vaqtdan qishki vaqtga va aksincha o‘tish chalkashlikdan tashqari, oddiy odamlarning salomatligida jiddiy muammolar keltirib chiqaradi. Bu haqda «Science Alert»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda. Olimlarning aytishicha, bunday vaziyatda organizmda biologik vaqtlarning buzilishi yuz beradi. Oddiy qilib aytiladigan bo‘lsa, organizm vaqtning o‘zgarishiga mosalasha olmaydi va kuchli stress his qiladi.
Atlantadagi Emori universiteti olimlarining fikricha, vaqtni faqat bir soat oldinga surish ma’noga egadir, chunki bunda organizm o‘zgarishlarga osonroq moslasha oladi. Olimlarning ta’kidlashlaricha. yozgi va qishki vaqtga o‘tishdan voz kechish uchrashuvlar va qilinadigan ishlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritishdan voz kechishga imkon beradi.
Bu borada Xopkins universiteti olimlari yanada ilgarilab ketdilar. Ular yagona, universal taqvim (kalendar) kiritishni taklif qilishmoqda. Bu taklif yildan yilga bir-biriga aynan o‘xshash bo‘ladigan o‘zgarmas taqvimni joriy qilishni nazarda tutadi.
Olimlar bu taqvimni aniq formulalar va kompyuter dasturi yordamida yaratishgan. Taqvimda mart, iyun, sentyabr va dekabr oyi 31 kundan, qolgan oylar esa 30 kundan iborat. Har yil avvalgisi bilan mutlaq bir xil bo‘ladi, bunda har bir chorak 91 kundan (ikkita 30 kunlik va bitta 31 kunlik oy) iborat bo‘ladi.
Bu universal taqvim joriy taqvimga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. U ish, dam olish va bayram kunlari hamda an’anaviy tadbirlarni to‘g‘ri taqsimlashga imkon beradi. Tashkilot va muassasalar har yili ish va dam olish kunlari jadvalini yangidan tuzadilar, bu esa ortiqcha vaqt oladi. Yangi taqvimda esa bunga hojat qolmaydi. Kreditlar, obligatsiyalar, kelishuvlar bo‘yicha hisob-kitoblar soddalashadi, chunki maxsus hisob-kitobni talab etmaydi.
Bu taqvim ustida 4 yildan ko‘proq ish olib borilgan. Uning asosiy maqsadi 7 kunlik haftani saqlab qolish va har yili o‘tkaziladigan an’anaviy tadbirlarni rejalashtirishni soddalashtirishdan iborat bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”