Avvalroq, 5 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, tadbir davomida ikki nafar sigan millatiga mansub bo‘lgan moldovaliklar qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga bir necha nafar chet el fuqarolari Toshkent shahridagi bozorlardan har xil turdagi buyumlarni arzon narxlarda xarid qilib, ularni fuqarolarga aldov yo‘li bilan qimmat narxlarda sotib kelayotganliklari haqida xabar kelib tushgani xabar qilindi.
6 noyabr kuni ham Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, tadbir davomida to‘rt nafar sigan millatiga mansub bo‘lgan Moldova Respublikasi fuqarolari qo‘lga olingan.
Ular 1991 yilda tug‘ilgan Nenita Matfey, 1995 yilda tug‘ilgan Kira Yerimey, 1992 yilda tug‘ilgan Radukan Nikita va 1973 yilda tug‘ilgan Nenita Mixaillar aniqlandi. Mazkur shaxslar Toshkent shahrida joylashgan mehmonxonada vaqtincha yashab, Chilonzor tumanidagi “Abu Saxiy” bozoridan oshxona anjomlari, idish-tovoq komplektlari va shu kabi boshqa buyumlarni arzon narxlarda sotib olib, ularni Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning atrofida, bozorlarda hamda supermarketlarda go‘yoki mazkur buyumlar Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilganligini bildirib, xaridorlarni aldash orqali qimmat narxlarga sotib kelayotganliklari ma’lum bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi