23:46 / 09.11.2017
7 325

Qora bozor taslim bo‘lmayapti yoxud valyutafurushlarga qarshi kurash...

Qora bozor taslim bo‘lmayapti yoxud valyutafurushlarga qarshi kurash...
MXX tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tezkor operatsiyalar natijada bir nechta valyutafurushlar qo‘lga olindi.

Jumladan, MXX tezkor xodimlari va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida Farg‘ona viloyati Buvaydin tumanida istiqomat qiluvchi 31 yoshli Asilbek G‘offorov 5,9 ming dollarni 48,8 million so‘mga sotayotganda qo‘lga olindi.

"Bundan tashqari, Jizzaxda 37 yoshli Ikrom Xoliqov 2,2 ming dollarni 17,6 million so‘mga sotib olayotganda qo‘lga olindi. Shaxsiy ko‘zdan kechirish davomida uning yonida 28,9 million so‘m borligi aniqlandi. Dastlabki tergov tadbirlari natijasida Xoliqov Jizzax shahar sudi tomonidan valyuta qimmatliklarini noqonuniy xarid qilish va sotish huquqbuzarligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilganligi ma’lum bo‘ldi", — deb ta’kidladi MXX vakili.

Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksning 177 — moddasi (valyuta qiymatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5 sentyabrdan boshlab erkin konvertatsiya joriy etilgandi. Jismoniy shaxslar tijorat banklarida xorijiy valyutani bank kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan, cheklanmagan miqdorda, sotib olish yoki sotishlariga ruxsat berilgandi. Jismoniy shaxslar tomonidan konvertatsiya ochilgandan buyon banklar orqali yarim milliard dollardan ortiq mablag‘ almashtirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qora bozor taslim bo‘lmayapti yoxud valyutafurushlarga qarshi kurash...