Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari neft mahsulotlarining bojxona chegaralari orqali yashirincha olib o‘tilishi va ichki hududda noqonuniy aylanishining oldini olish yuzasidan zarur tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida harakatlanayotgan fuqaro Siroj Diyorov boshqaruvidagi Nexia avtomashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish jarayonida avtomashina saloni va yukxonasiga texnik, yong‘in xavfsizligi talablariga zid ravishda 23 ta yelim idishda dizel yonilg‘isi borligi aniqlandi.
Jami 930 litrni tashkil qiluvchi ushbu neft mahsulotlariga tegishli hujjatlar so‘ralganda, Siroj Diyorov mahsulotni go‘yoki notanish kimsalardan sotib olganini bildirdi.
Tegishli hujjatlar taqdim qilishning imkoni yo‘qmi, demak, faoliyat — noqonuniy.
Salkam 4 million 200 ming so‘mlik dizel yonilg‘isi hamda Nexia avtomashinasi vaqtincha saqlovga topshirildi.
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi