Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan “Tozalash-Antiterror” tadbiri o‘tkazish jarayonida Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 2-uy, 28-xonadon tekshirildi.
Xolislar ishtirokida olib borilgan tadbir davomida fuqaro 1995 yilda tug‘ilgan Tarasov Igor Semenovich, o‘ziga tegishli bo‘lgan yuqorida ko‘rsatilgan xonadonini fuqarolar Kim Svetlana Radionovna (muqaddam O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 190 va 223 moddalari bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan) va Bayshagina Liliya Vitalevnalarga fohishalik bilan shug‘ullanishlari uchun ijaraga berganligi hamda buning evaziga ulardan 250 ming so‘m miqdoridagi pullarni olganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Igor Tarasovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shuningdek Svetlana Kim va Liliya Bayshaginaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 190-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tuman Ichki ishlar boshqarmasiga olib borilganlar.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi