18:10 / 15.12.2017
7 821

Shavkat Mirziyoyevning bir yillik faoliyatiga nazar (Video)

Shavkat Mirziyoyevning bir yillik faoliyatiga nazar (Video)
Shavkat Mirziyoyev 2016 yilning 4 dekabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 88,61 foizi ovoz to‘plab, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritganiga 1 yil to‘ldi.

Mamlakatning bir yillik taraqqiyot bosqichida bosib o‘tgan yo‘lini asrlarga tatigulik, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 25 yillik dastlabki rivojlanish davrida Mustaqil mamlakat sifatida o‘zini dunyoda tanitgan O‘zbekistonning oxirgi bir yilda bosib o‘tgan yo‘li uning dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘rnini yanada mustahkamladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borgan sa’y-harakatlar, Harakatlar strategiyasini dasturul amal qilib tashlangan zalvorli qadamlar mamlakatning yangi imiji yaratilishiga, u haqidagi tasavvurlar kengayishiga sabab bo‘ldi.

Prezident 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qildi. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida ham xalq manfaatlari yuqori o‘ringa ko‘tarildi. Islohotlar – islohot uchun emas, inson va uning manfaatlari uchunligi o‘zining amaliy tasdig‘ini topdi.

O‘zbekistonni chinakam huquqiy demokratik davlatga aylantirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, mamlakatning xavfsizligini ta’minlash, ichki va tashqi siyosatdagi barqarorlikni saqlash, tinchlik va osoyishtalik, mintaqadagi faravonlikning daxlsizligini ta’minlash, yaqin va ishonchli qo‘shnichilik aloqalari yo‘lga qo‘yish borasida qilingan, qilanayotgan ishlarni butun dunyo e’tirof etmoqda.

Yuqoridagi videoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning bir yil davomida amalga oshirgan ishlari, ulkan bunyodkorlik loyihalari, xalqaro tashriflariga qisqacha nazar tashlaymiz.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevning bir yillik faoliyatiga nazar (Video)