8 920
Keliniga shilqimlik qilganlikda ayblanayotgan qaynotaga mahalla qanday “xarakteristika” berdi?
Avvalroq, Toshkent viloyatidan bo‘lgan kelin qaynotasining ustidan televideniyega arz qilgani, ushbu holat “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Uchburchak” ko‘rsatuvida muhokama etilgani haqida xabar bergan edik.
Tahririyatimiz aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, dasturda ishtirok etgan kelin Muxlisa Rahmatova bo‘lgan. U Toshkent viloyati, Chinoz tumanida istiqomat qilgan.
Kelinchakka ko‘ra, qaynonatasi uni qachonlardir kiyimsiz holatda ko‘rgan, shundan so‘ng uyi derazasidan uni poylaydigan bo‘lib qolgan. Vaqt o‘tgan sayin “iliq munosabat”ini oshkora ko‘rsatishga harakat qilgan va kelinining qo‘lidan o‘pmoqchi bo‘lgan.
Jurnalistlar Nozima Vohidova hamda Nilufar Umrzoqovaga voqeaga aniqlik kiritish maqsadida Muxlisa Rahmatova kelin bo‘lib tushgan mahalla fuqarolar yig‘ini maslahatchisini ko‘rsatuvga taklif qildilar. So‘z mahalla maslahatchisiga berildi.
Mahalla fuqarolar yig‘ini maslahatchisi so‘z olar ekan, ayni damda ish ajrimgacha yetib borganini, ajrashishga arizani kuyov berganini, yarashtiruv komissiyasi ikki marta yoshlarni yarashtirishga uringanini, biroq ular Yarashtiruv komissiyasi yig‘ilishiga kelmaganliklarini ma’lum qildi.
Maslahatchi o‘z so‘zida davom etib, Muxlisa Rahmatova kelin bo‘lib tushgan oilaga yomon ta’rif bera olmasligini, bu oilada tartib-intizom birinchi o‘rinda ekani, tumanning ibratli oilalaridanligini aytadi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar