16:19 / 05.01.2018
6 663

Prezident ko‘rsatilayotgan kommunal xizmat bilan tanishib, odamlar bilan muloqot qildi

Prezident ko‘rsatilayotgan kommunal xizmat bilan tanishib, odamlar bilan muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5 yanvar kuni Toshkent viloyatiga uyushtirgan tashrifi chog‘ida Yangiyo‘l shahridagi “Fayzli” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.

Shu yerda Yangiyo‘l shahrinining Bosh rejasi loyihasi, shahardagi ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash dasturi hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Yangiyo‘l shahrida 86 ming 800 aholi istiqomat qiladi. Bu hududda 241 ta ko‘p qavatli uylar bo‘lib, ularga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko‘rsatadi.

Prezidentga taqdim qilingan loyihalarda shaharda oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va yangilash dasturi, Toshkent viloyatining Qibray va Zangiota tumanlarida suv ta’minotini yaxshilash, Chirchiq shahrining issiqlik tizimini takomillashtirish kabi ma’lumotlar o‘rin olgan.

Davlat rahbari “Fayzli” mahallasi profilaktika inspektori uyida bo‘ldi.

Aholi bilan muloqot qildi.

Prezident Yangiyo‘l shahridagi mavjud ko‘p qavatli uylarni to‘liq ta’mirlash, 7 qavatli 12 ta yangi ko‘p qavatli uy-joy, zamonaviy bog‘, bozor, supermarket, ko‘prik qurish bo‘yicha mutassaddilarga topshiriq berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Zangiota tumanida bo‘lib, “Highway Logistics” logistika markazi faoliyati bilan tanishgan edi.

Prezidentning Toshkent viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident ko‘rsatilayotgan kommunal xizmat bilan tanishib, odamlar bilan muloqot qildi