O‘zbekiston-Turkiya tadbirkorlari assotsiatsiyasi (UTİD) rahbari Erjan Bulut O‘zbekistondagi investitsion muhitga yuqori baho berdi va o‘z yurtdoshlarini Markaziy Osiyoga faol sarmoya qiritishga chorladi.
Bulut “Anadolu” axborot agentligi bilan suhbatda Anqara va Toshkent o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga izoh berdi.
Bulutning eslatishicha, 2017 yil ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishidagi turtki beruvchi davr bo‘ldi. “O‘tgan yili davlat rahbarlari darajasida 6 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bosh vazirlar o‘rinbosarlari darajasida o‘zaro tashriflar amalga oshirildi, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, biznes-forumlar tashkillashtirildi”, deb sanab o‘tdi Bulut va 2017 yilni O‘zbekiston va Turkiya uchun “tarixiy yil” deb atadi.
Bulut O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida savdo hajmi 2016 yilda 1,2 mlrd dollarni tashkil qilganiga e’tibor qaratdi. “2017 yilning 9 oyida savdo aylanmasi 900 mln dollarga yaqinni tashkil qildi, bu esa ikki davlat salohiyatiga javob bermaydi. Ishonamanki, bu raqam yaqin kelajakda o‘sadi”, deb ta’kidlab o‘tgan Bulut.
Shu sababli Bulut turkiyalik tadbirkorlarni O‘zbekiston bozori imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga chaqirdi.
Bulut O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muhim islohotlarni amalga oshirgani va O‘zbekistonda investitsion va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha dadil qadamlar qabul qilganini qayd qilib o‘tdi.
Bulut o‘z so‘zlari intihosida O‘zbekistonda xorijiy sarmoyachilar va tadbirkorlar oldida turgan muammolar bartaraf etilganini ta’kidlab o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi