7 650
Botir Parpiyev iste’fo so‘ragani haqidagi xabarlardan keyin ilk bor ommaviy tadbirda ishtirok etdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev hali rasman lavozimga kelmagan davrlarni eslaysizmi? Prezident vazifasini bajaruvchi sifatidagi mas’uliyatli 3 oyda davlat rahbari iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilar, kichik biznes va tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish, ularni bo‘lar-bo‘lmas tekshiruvlardan ozod qilish, to‘siqlarni olib tashlash, nafsini ishining mohiyatiga aylantirgan ayrim nazoratchilarni soliq va boshqa organlardan tozalash masalasiga qat’iy kirishdi.
U saylovoldi dasturida ham bularni eng ustuvor vazifalardan biri sifatida keltirgan edi. Va Prezident va’dasining ustidan chiqyapti. Mamlakatning oxirgi 1 yilida tadbirkor haqida so‘z ochilmagan, uning manfaati himoya qilinmagan, qo‘llab-quvvatlanmagan yig‘ilish bo‘ldimi? Yo‘q! Hatto, tizimlarning eng katta rahbarlaridan tortib, eng quyidagilargacha tadbirkorlarga teginmaslik yuzasidan ogohlantirildi. Bugun halol, mamlakat taraqqiyoti uchun hissa qo‘shib, iqtisodiyotga foyda keltiraman, ham o‘zim, ham odamlarning faravon hayoti uchun mehnat qilaman degan tadbirkorga hech kim to‘sqinlik qilmaydi. Ular uchun imkoniyatlar ham talaygina. Bu imkoniyatlar va sharoitlarni Davlat soliq qo‘mitasi raisining shaxsan o‘zi yetkazib, tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishi esa yuqori tizimning islohotlarga labbayi.
8-13 yanvar kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida tashkil etilgan ko‘rgazmali seminarning ochilish marosimida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev ishtirok etdi.
Parpiyev O‘zbekiston Respublikasi soliq va byudjet siyosatining 2018 yilgi asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 29 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-sonli qaror va “Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 454-sonli Qonun qabul qilingan edi.
Mazkur Qonun bilan 3 ta qonunlarga, jumladan Soliq kodeksining 47 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
“O‘zekspomarkaz”ga yig‘ilganlar soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar haqida bevosita Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyevdan ma’lumot oldilar.
Ma’lumot uchun, 2017 yil dekabr oyi oxirlarida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyevning Prezidentdan iste’fo so‘ragani haqidagi yolg‘on xabarlar tarqalgan edi. Parpiyev ushbu xabarlardan keyin ilk bor ommaviy tadbirda ishtirok etib, xabarlar haqiqatdan yiroq ekaniga ishora berdi.
Ko‘rgazmali seminar 13 yanvargacha davom etadi. Soliq qonunchiligiga oid o‘zgarishlar haqida esa keyinroq xabar beramiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi