O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligiga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 25 yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Unga ko‘ra Islom Karimov faoliyat yuritgan Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi.
2017 yil davomida bino va uning tashqarisida bunyodkorlik ishlari olib borildi. Bino qarshisiga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov siymosi aks etgan haykal o‘rnatildi. 2017 yilning 31 avgust kuni ushbu haykalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Ayni damda ushbu majmua toshkentliklar va viloyatlardan tashrif buyuruvchilar, xorijlik mehmonlar uchun ajoyib ziyoratgohga aylangan.
Buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab, joriy yilning yanvar oyi oxirida muzey o‘z eshiklarini ochishi kutilmoqda. Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy majmua rasmiylari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu muzeyni tashkil etishda uy-muzey yo‘nalishidan foydalanilgan bo‘lib, Birinchi Prezidentning xonasi, ish stoli, undagi detallar qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlanib qolingan. Hatto, bino ichidagi mebellar, buyumlar, Islom Karimov faoliyat yuritgan davrga bog‘liq hech narsa olib chiqib ketilmagan.
Muzey uchta zaldan iborat bo‘ladi: kichik zal, katta zal va ko‘rgazmalar zali.
Ayni damda binoda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Binoda Islom Karimov faoliyat yuritgan xonaning qarshisidagi xodimlar xonalari birlashtirilib, ko‘rgazmalar zaliga aylantirilmoqda.
Tez orada muzey bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni taqdim etamiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi