5 495
Fuqarolar o‘z huquqlari himoyasida sud hokimiyati imkoniyatlaridan foydalana olmayapti
O‘zbekistonda fuqarolar o‘z huquqlari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishlarida sud hokimiyati imkoniyataridan to‘liq foydalana olmayapti. Taraqqiyot strategiyasida bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ishtirok etgan Oliy sud sudyasi Abdil To‘xtashev shunday fikrni bildirdi.
“Sud-huquq tizimidagi islohotlar bosh vazifaga qaratilgan. Bosh vazifa nimadan iborat? Bosh vazifa – inson huquqlari, erkinligi va manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan har bir fuqaroga munosib turmush tarzini ta’minlash, har bir fuqaroga o‘z huquqlarini himoya qilish va ruyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni barpo etishdir.
E’tirof etish kerakki, bizda hozirgacha fuqarolar o‘zlarining huquqlarini himoya qilishda sud hokimiyati vositalaridan yetarli darajada foydalana olmayapti”, - dedi Abdil To‘xtashev.
Uning fikricha, buning asosiy sabablari jamiyatda huquqiy madaniyat va ongning yetarli darajada rivojlanamagani, sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlashda ma’lum muammolar mavjudligi hamda sud kadrlarining prezident tomonidan qo‘yilayotgan talablarga javob bera olmayotganidir.
To‘xtashevning ta’kidlashicha, sudyalarning mustaqilligini ta’minlashda jamoatchilik fikri muhim o‘rin tutadi.
“Sudya qanchalik halol bo‘lmasin, o‘z vazifasiga qanchalik mas’uliyat bilan yondashmasin, agar unga xalq ishonmasa bu sudda adolat tantana qilishi qiyinlashadi. Shu sababli Davlat dasturida kelajakda sudyalarni tayinlash, saylash tartibini o‘zgartirish, takomillashtirish, jumladan sudyalikka nomzodlarni joylarda muhokama qilish va mahalliy kengashlaridan nomzodlar xususida fikr va tavsiyalarini olish hamda bu takliflarni sudyalarni saylashda e’tiborga olish belgilanmoqda”, - deya To‘xtashev davlat dasturida sud-huquq tizimidagi islohotlarga doir takliflarni izohladi.
Uning ma’lum qilishicha, so‘nggi yillarda sud amaliyotida rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasiga asoslangan holda “Habeas korpus” institutini yanada kengaytirish doirasida surishtiruv va dastlabki tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish, fuqarolarning qiynoqqa solinishi yoki boshqacha tarzda qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqlardan himoyalash kafolatlarini yanada kuchaytirishga jiddiy e’tibor berilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi