
Yodingizda bo‘lsa, Denovda osh rekordi yangilanishi haqida xabar bergan edik. Bugun ana shu va’da qilingan osh tayyorlandi.
«Denov tumanida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram oshini tayyorlash uchun 46 nafar oshpaz tuni bilan mehnat qilib, xalqimizga xos ahillik, pazandalik va bag‘rikenglik fazilatlarini keng namoyon etdi», — deb yozmoqda O‘zA.
Toshkent shahridan olib kelingan 8.8 tonnalik ulkan qozonda damlangan palovxonto‘ra tushga yaqin keng jamaotchilik ishtirokida harbiy qism askarlari, muruvvat uyi, maktab-internat tarbiyalanuvchilari, bemorlar, nogironlar va ehtiyojmand oilalarga tarqatildi.
Bayram palovidan Surxondaryo viloyatining turli hududlaridan tashrif buyurgan mehmonlar ham bahramand bo‘ldi.
DenovOshVatan Himoyachilari KuniBayram OshO‘zAToshkent ShahriSurxondaryo ViloyatiKeng JamiyatEhtiyojmand Oilalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar